
O‘zbekiston Superligasi. "Qo‘qon-1912" "xavfli hudud"dan chiqish, AGMK esa "yuqori qavat" uchun kurashadi (prevyu)
Superliga 18-tur doirasida "Qo‘qon-1912" AGMK jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Bellashuv 18:30 da start oladi.
Qo‘qon klubi rulidagi Ashurmatov o‘rnini davralar oralig‘ida Davron Fayziev almashtirgandi. "Shunqorlar" Fayziev qo‘l ostida chempionatdagi barcha 4 o‘yinni durang bilan yakunladi. Raqib ayni paytda ligada 16 ochko bilan 11-o‘rinni egallab, "xavfli hudud"da jon saqlash uchun kurashmoqda.
Bo‘lajak o‘yinni mezbonlar safidan diskvalifikatsiya tufayli Bilolxon Toshmirzaev va Ivan Yosovich o‘tkazib yuboradi. AGMKda esa jarohati bois Murodjon Toshmatov va Valijon Rahimov uchrashuvda ishtirok etolmaydi.
Mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlariga ko‘ra, ustunlik AGMK tarafida - 10 g‘alaba. Raqib "Qo‘qon-1912" hisobida 4 yutuq mavjud. Yana 3 uchrashuvda esa g‘olib aniqlanmay, durang qayd etilgan.
O‘yinni Rahim Karimov boshqaradi. Ushbu bahsda VAR tizimidan foydalanilmaydi.
Uchrashuv 9-sentyabr kuni, soat 18:30 da Yaypan shahridagi "O‘zbekiston" stadionida boshlanadi.
Manba: AGMK matbuot xizmati.
Fikrlar