
O‘zbekiston Superligasi. Ikki penalti, yana bahsli vaziyatlar yoxud "So‘g‘diyona" o‘z uyida AGMKga imkoniyatni boy berdi
O‘zbekiston Superligasi 20-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" - AGMK uchrashuvi nihoyasiga etdi. Unda mehmonlar ishonchli 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
"Konchilar" safida gollarga Martin Boake va Xurshid G‘iyosov (penalti) mualliflik qildi. Bu gollar olmaliqliklarga 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, AGMK ochkolari sonini 32 taga etkazib oldi. Jamoa ayni payt 4-pog‘onadan joy egallagan.
"So‘g‘diyona" hisobida ham 32 ochko mavjud bo‘lib, klub 5-pog‘onani band etgan.
Fikrlar