
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi keyingi o‘yinini qachon o‘tkazadi?
Kecha "Parij-2024" Olimpiadasi futbol sport turidan o‘rin olgan 1-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston terma jamoasi ilk turda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Guruhimizdan o‘rin olgan ikkinchi bellashuvda Misr hamda Dominikan 0:0 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Eslatib o‘tish kerak, vakillarimiz 2-turni Misrga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 27 iyul kuni soat 20:00da start oladi.
Fikrlar