
O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ertaga BAAga yo‘l oladi
Bilasiz, kelasi yilning 8-26 yanvar kunlari ???????? Tailand yashil maydonlarida U-23 Osiyo chempionati final bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Lyubinko Drulovich boshqaruvidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ayni paytda mazkur musobaqaga jiddiy hozirlik jarayonini davom ettirmoqda. Olimpiyachilarimiz har oy yig‘in tashkil etib, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushmoqda.
Oldinroq xabar berganimizdek, noyabr oyida ham O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi xalqaro musobaqada ishtirok etadi. 13-19 noyabr kunlari BAAning Dubay shahrida 23 yoshgacha bo‘lgan terma jamoalar o‘rtasida xalqaro turnir tashkil etiladi. Unda BAA, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Suriya, Janubiy Koreya, Iroq, Iordaniya hamda O‘zbekiston olimpiya terma jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishadi.
Mazkur musobaqa oldidan bir hafta davomida Toshkentda yig‘in olib borgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ertaga BAAga yo‘l oladi.
Fikrlar