O‘zbekiston MTJ o‘rtoqlik o‘yinida Qirg‘izistondan ustun keldi

  • 9 noyabr, 2019, 18:53
  • Bekzod Isayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi "Paxtakor" stadionida Qirg‘iziston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazdi.

Tecno

Bellashuvda hamyurtlarimiz Igor Sergeev, Dostonbek Hamdamov va Jamshid Iskanderovning gollari evaziga g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston - Qirg‘iziston 3:1

Gollar: Igor Sergeev 11, Dostonbek Hamdamov 53, Jamshid Iskaderov 80 - Farhod Musabekov 30

Quyida o‘yinning matnli va videotranslyatsiyasini kuzatishingiz mumkin:

*** Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari. Yana bir necha daqiqalardan so‘ng o‘yin boshlanadi.

Futbolchilar maydonga tushib kelishdi.

1. O‘yin boshlandi. Vakillarimiz dastlabki daqiqalardan to‘pni nazorat qilishga intilishmoqda.

5. Vadim Abramov bugun aralash tarkibni maydonga tushirgani uchun futbolchilar hozircha maydonga va sheriklariga ko‘rikishga harakat qilishmoqda. Havfli hujum borasida hozircha gap bo‘lishi mumkin emas.

11. Gooooooooooooooooooooooooollllll. O‘ng qanotdan Abror Ismoilov uzatgan to‘pni Igor Sergeev darvozaga kiritib, hisobni ochdi.

15. Qirg‘izistonliklar ham oldinga o‘tishga urinishmoqda. Lekin yaratilgan kam sonli vaziyatlar yakunlanmay qolmoqda...

20. Vakillarimiz gol urganlaridan so‘ng biroz bo‘shashishdi. Balki bu murabbiy tomonidan sinab ko‘rilayotgan taktika bo‘lishi mumkin. Chunki jamoa bunday paytda biroz chekinib, raqib hujumini bartaraf etish orqali qarshi hujumga otlanish maqsad qilingandir.

29. Raqib futbolchilari jarima maydoni yaqinidan tepgan to‘p yo‘l yo‘lakay himoyachilarga tegib, maydonni tark etdi.

Burchakdan oshirilgan to‘pni hamyurtlarimiz qatarayotgan paytlarida to‘p Farhod Musabekovga kelib tushdi va u kuchli zarba bilan darvozaga yo‘llab, hisobni tenglashtirdi. Eldor Suyunov to‘pni qaytardi, biroq to‘p havoda chiziqni kesib o‘tganligi bois hakam maydon markazini ko‘rsatdi.

35. Igor Sergeev qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Raqib safida harakat qilayotgan AGMK posboni hujumchimizning urinishini bartaraf etdi.

38. Igor Sergeev ketma-ket ikkita zarba berdi. mehmonlar posboni qaytargan to‘pni Azizbek Turg‘unboev darvoza kirita olmadi.

42. Azizbek Turg‘unboev vaziyatlardan foydalana olmayapti hozircha, albatta. Ammo eng faollardan biri bo‘lib turibdi.

45. Birinchi taym yakunlandi, tanaffus. 

*** Ikkinchi taym boshlanishidan avval terma jamoamiz tarkibi o‘zgarish:

Azizbek Turg‘unboev o‘rniga Dostonbek Hamdamov, Islom To‘xtaxo‘jaev o‘rniga Rustamjon Ashurmatov, Abror Ismoilov o‘rniga Ikrom Aliboev maydonga tushdi.

53. Odil Ahmedov maydon markazidan ozgina o‘tib, havolatib to‘pni Dostonbek Hamdamovga etkazdi. Jarima maydoniga kirib borgan Hamdamov to‘pni bir urinishda to‘xtatib, ikkinchi harakati bilan darvozaga yo‘lladi.

59. Odiljon Hamrobekov o‘rniga Lutfulla To‘raev maydonga tushdi.

62. Qirg‘iziston tarkibida 4 ta o‘zgarish amalga oshirildi.

67. Terma jamoamiz o‘yin tempini pasaytirishga urinmoqda, huddi birinchi taymda gol urilgandagidek holat.

70. Xurshid G‘iyosov o‘rniga Jamshid Iskanderov maydonga tushdi.

72. Ikrom Aliboev jarima maydoniga kirib keldi va bitta raqibni aldab darvozaga zarba berdi. Biroq noaniq.

76. Vadim Abramov shogirdlari sekin-asta tempni kuchaytirishmoqda. Markaz va qanotlar faollashmoqda. O‘z navbatida mehmonlar ham jonlanishdi. Ular ham to‘p uchun kurashlarda ustunlikka erishishmoqda.

80. Gooooooooooooooooooooooooooool. Dostonbek Hamdamov o‘ng qanotdan tez ketayotgan to‘pga etib borib jarima maydoniga kirib borayotgan Jamshid Iskanderovga etkazdi. U esa o‘ng oyog‘ida to‘pni to‘xtatmasdan darvozaga yo‘lladi.

85. Qirg‘izistonlik futbolchi jarima maydonida zarba berdi. U tepgan to‘pni Eldor Suyunov egallab oldi.

89. Dostonbek Hamdamovda qulay vaziyat paydo bo‘ldi. Biroq futbolchi gol ura olmadi. 

90. O‘yinga 3 daqiqa qo‘shib berildi.

90+2. Uchrashuvning oxirini ham terma jamoamiz hujumda o‘tkazmoqda.

90+3. O‘yin yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida qo‘shni Qirg‘izistonni mag‘lubiyatga uchratdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Шокир
09/11/2019 17:28
Iltimos Igor sen TJ da oʻynamagin sen termaga tortmaysan.
Mahmudjon Junaydulloyev
09/11/2019 21:05
Terma jamoamizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusi o'yinlarda ham zafarlar tilab qolaman!
Илхом Anvarov
09/11/2019 17:43
Абрамов В.К срочно меняй и больше не зови на сборы Сергеева и Тургунбоева!!! 2 единоличника, только думают как бы больше Шомуродова забить. Из за них не попадём на ЧМ2022. Это факт!
Аваз Бегматов
09/11/2019 16:52
Бошланди спорт каналдан
Аваз Бегматов
09/11/2019 16:43
Тагин ватан парварлик хакида гапиришганига улейми бу ярамасларни... Прямое эфир эмас саводсизлар, Прямой эфир буларди, чаласаводлар...
&
Surxon turon
09/11/2019 16:39
Спорт тв оберса бӯлди бизга
&
elmieltin7
09/11/2019 16:25
Axir TV'da kursatiladi diyilgandiku nimaga
Аваз Бегматов
09/11/2019 16:32
Халк билан асло иши йук тв дагиларни
&
09/11/2019 16:46
Kursatatkammi bulgar axir
Аваз Бегматов
09/11/2019 16:51
Сайта курсатар экан, трафигиз буса онлайн курасиз
&
09/11/2019 16:52
Yu boshlandi TV da
&
elmieltin7
09/11/2019 16:53
Yu boshlandi TV da
&
elmieltin7
09/11/2019 16:53
Yu boshlandi TV da