O‘zbekiston MTJ futbolchisiga Evropa klublaridan taklif bor. Hujumchimizga beriladigan summa ham ma’lum

  • 22 iyun, 2021, 14:21
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘istonning "Aktobe" klubi hujumchisi Igor Sergeev faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin. Bu haqda meta-ratings.kz nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, hamyurtimizga Polsha va Chexiya klublari qiziqish bildirmoqda. Ulardan biri O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi uchun "Aktobe"ga 75 000 evro taklif qilmoqda.

Oxrigi paytda "Aktobe"dagi moliyaviy holat yomonlashgani borasida xabarlar yangragan, shuning uchun jamoa Sergeevni sotishi mumkin. Qozog‘iston klubi bu orqali tarkibdagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchini qo‘yib yuborish va uni sotish orqali pul ishlash imkoniga ega bo‘lishi mumkin.

Tasdiqlanmagan xabarlarga qaraganda, Igor Sergeev "Aktobe"da oyiga 19 000 ming dollar maosh oladi. Hamyurtimiz klubisafidagi 15 uchrashuvda 7 ta gol urdi.

IMG_7827

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ilhomjon Feyz
22/06/2021 16:33
Нима.... стадионга бурин қоқишдан бошқасига ярамайдиган сергейов ойига 19000 ойлик! Ишонмайман.. Бу ерда бошқа гап бор. Қозоқ футболиям коррупцияион федерация. Игорни пулини ярмини кимдир олар, бабаянми балки.