
O‘zbekiston liga kubogi g‘olibiga mukofot puli beriladimi?
Bugun "Sport" telekanalida O‘zbekiston futboli mavsum yakunlariga bag‘ishlangan ko‘rsatuv bo‘lib o‘tdi. Unda PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev ishtirok etdi.
Ko‘rsatuv boshlovchisi Zohid Karimov bir necha kundan so‘ng o‘tkaziladigan O‘zbekiston liga kubogi g‘olibiga qanday mukofot ajratilishi borasida tashkilot vakiliga savol berdi. Diyor Imomxo‘jaev esa bu yil ushbu musobaqaning sovrin jamg‘armasi yo‘qligini, g‘olib kubok olish bilan cheklanishini ma’lum qildi. Keyingi yil mazkur turnirga mukofot berilishi rejelashtirilayotganini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, AGMK va "Paxtakor" ishtirokidagi final 4 dekabr, chorshanba kuni 16:00da "Bunyodkor" arenasida o‘tkaziladi.
Fikrlar