
O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" penaltilar seriyasiga ko‘ra "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berdi
Qo‘qon shahrida kechgan uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobi qayd etildi. Qo‘shimcha bo‘limlarda jamoalar bittadan to‘p kiritishdi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etildi.
"Futbol lotereyasi"da esa omad navoiyliklarga kulib boqdi - 7:6. Shu tariqa Hamidjon Aktamov shogirdlari 1/8 finalga yo‘l olishdi.
Gollar: Shaxboz Erkinov (50), Muhammadanas Hasanov (112) - Ariagner Smit (19 penaltidan), Maqsud Karimov (117)
Penaltilar seriyasi: 6-7.
Fikrlar