O‘zbekiston kubogi. "Qo‘qon-1912" 100 foizlik natija bilan guruhdan chiqdi

  • 20 aprel, 2022, 19:01
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi 3-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" - "Mash’al" bahsi yakuniga etdi. Ushbu o‘yinda mezbonlar yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Tecno

Qo‘qonliklarning to‘rt goli Jamshid Xasanov, Shahzodbek Nurmatov, San’at Shixov va Anvarjon Xojimirzaev  hisobiga qayd etildi. Mehmonlar bu uchrashuvda gol ura olmadi. 

Shu tariqa, "Qo‘qon-1912ning ochkolari soni 9 taga etdi va jamoa 1-o‘rin bilan guruhdan chiqish masalasini hal qildi. "Mash’al" ushbu guruhda  4 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga yo‘l oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!