
O‘zbekiston Kubogi. OKMKning "A" guruhidagi so‘nggi raqibi ma’lum bo‘ldi
Bugun O‘zbekiston Kubogining ikkinchi saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. OKMK jamoasining guruhdagi so‘nggi raqibi ham aynan shu saralash uchrashuvlari orqali ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, OKMK guruh bosqichi “A” guruhida “Andijon-SGS”, “G‘ijduvon” va “Jizzax” klublari bilan kuch sinashadi!
OKMK dastlabki turda 4 aprel sanasida “G‘ijduvon” mehmoni bo‘ladi. Keyin “Andijon-SGS”ni Toshkentda qabul qilib va uchinchi turni mehmonda “Jizzax”ga qarshi o‘tkazadi.
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichi o‘yinlari aprel-may oylarida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Uchrashuv sanalari haqida keyinroq ma’lumot beramiz.
Ma’lumot uchun, “O‘zbekiston Kubogi-2023” final uchrashuvi Qarshi shahridagi «Markaziy» stadionida bo‘lib o‘tadi.
OKMK matbuot xizmati.
Fikrlar