
O‘zbekiston kubogi. "Neftchi" Pro-liga jamoasiga imkon qoldirmadi
O‘zbekiston kubogi 2-tur uchrashuvlari davom ettirilmoqda.
"C" guruhi ishtirokchisi "Neftchi" bugun "Yunired"ga qarshi maydonga tushdi. Mazkur o‘yinda mehmonlar yirik 0:3 hisobida zafar quchdi.
Farg‘onaliklar safida uch golni Abdullaev, Batyushin va Adhamzoda kiritdi. Bu gollar "yo‘lbarslar"ga 3 ochkoni taqdim etdi.
Shu tariqa, "Neftchi" 4 ochko bilan guruhda etakchi bo‘lib oldi. "Yunired" hisobida 1 ochko mavjud.
Fikrlar