
O‘zbekiston kubogi. AGMK Andijonda g‘alaba qozonib, yarim finalga yo‘l oldi
O‘zbekiston kubogi chorak finalidan o‘rin olgan "Andijon" - AGMK o‘yini yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Olmaliq klubi safida gollarga Sanjar Tursunov va Shohruh Gadoev mualliflik qildi. Mezbonlar maydonni golsiz tark etdi.
Shu tariqa, AGMK yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. "Andijon" chorak finalda musobaqa bilan xayrlashdi.
Fikrlar