
O‘zbekiston futzal terma jamoasi Qirg‘iziston klubini mag‘lub etdi
Oktyabr oyida bo‘lishi rejalashtirilgan futzal bo‘yicha Osiyo chempionati-2020 saralash bahslariga hozirlik ko‘rayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazayotganidan xabaringiz bor.
Terma jamoamiz yig‘in doirasida 2 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazadi. Har ikki o‘yinda ham terma jamoamizga qo‘shni Qirg‘izistonning etakchi klubi – EREM raqiblik qiladi.
O‘FA rasmiy saytining xabar berishicha bugun dastlabki bahs “Bunyodkor” akademiyasi zalida tashkil etildi. Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda Bahodir Ahmedov ushbu yig‘inga jalb etilgan barcha 18 nafar futzalchini sinab ko‘rdi. Yakunda vakillarimiz 6:5 hisobida g‘alaba qozonishdi.
O‘zbekiston m.t.j. – EREM (Qirg‘iziston) 6:5
Gollar: Abdulla Solihov, Xushnur Erkinov (2), Ravshan Ismatullaev, Botir Rizaev, Sunnat Jo‘raev – Muhsin Bashir (2), Yuldashbay Salimbaev, Saginndik Akimbaev, Beksultan Nazarov.
Fikrlar