
O‘zbekiston futbolchilariga ovoz bering!
Osiyo futbol konfederatsiyasi Rossiya premer-ligasida to‘p surayotgan qit’amizning eng yaxshi futbolchilarini aniqlash uchun so‘rovnoma tashkil etdi.
Ushbu ro‘yxatga Rossiya maydonlarda eng ko‘p muvaffaqiyatga erishgan osiyolik futbolchilardan o‘n nafari kiritildi va ular orasidan ovoz berish yo‘li bilan eng zo‘ri aniqlanadi. Quvonarli tomoni, Osiyo futbol konfederatsiyasi rahbarlari kuchli o‘ntalikka besh nafar hamyurtimizni loyiq ko‘rdi.
Hozircha ushbu so‘rovda “Zenit”ning eronlik legioneri Sardor Azmun 42 foiz ovoz bilan peshqadamlik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarni 23 va 24 foiz to‘plagan Eldor Shomurodov va Mirjalol Qosimov egallagan.
Futbolchilar bilan tanishing:
Mirjalol Qosimov (O‘zbekiston; "Spartak" (Vladikavkaz), "Alaniya", "Krilya Sovetov")
Keysuke Xonda (Yaponiya; TsSKA)
Sardor Azmun (Eron; "Rubin", "Rostov", "Zenit")
Kim Don Chjin (Janubiy Koreya; "Zenit")
Odil Ahmedov (O‘zbekiston; "Anji", "Krasnodar")
Muhsin Muhamadiev (Tojikiston; "Lokomotiv" (Moskva), "Spartak", "Lokomotiv" (Nijniy Novgorod), "Torpedo", "Shinnik", "Arsenal")
Vitaliy Denisov (O‘zbekiston; TsSKA, "Lokomotiv", "Krilya Sovetov", "Rubin")
Dmitriy Xomuxa (Turkmaniston; "Zenit", TsSKA, "Shinnik", "Terek")
Vladimir Maminov (O‘zbekiston; "Lokomotiv")
Eldor Shomurodov ( O‘zbekiston; "Rostov").
O‘zbekiston futbolchilariga ushbu havola orqali ovoz bering:
Fikrlar