O‘zbekiston Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi mumkin

  • 8 iyul, 2022, 13:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Shaxmat
CHERY AUTO

Joriy yilning 28 iyul – 8 avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, shaxmat bellashuvlaridan tashqari 2026 yilda tashkil etiladigan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun tender tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Bugun poytaxtimizda joriy yilgi olimpiada doirasidagi musobaqalar, shuningdek, 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun o‘tkaziladigan tenderda munosib ishtirok etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Manbaga ko‘ra, yig‘ilishda 44-Butunjahon shaxmat olimpiadasida qatnashadigan mutasaddilar, musobaqalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari va delegatsiya tarkibi muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun, Butunjahon shaxmat Olimpiadasi shaxmat olamidagi eng nufuzli musobaqa bo‘lib, 1924 yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. FIDE bosh assambleyasi tomonidan 2026 yilgi olimpiada mezbonligi uchun e’lon qilingan tenderda xalqaro toifadagi shaxmat ustalari, grossmeysterlar diyori sifatida vatanimiz O‘zbekiston ham nomzod sifatida ishtirok etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!