O‘zbek legionerlari “yondirdi”!

  • 4 may, 2022, 17:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus futbolini yoritishga ixtisoslashgan nufuzli saytlardan biri football.by mamlakat oliy ligasining oltinchi tur yakunlariga bag‘ishlangan tahliliy material chop etdi.

Tecno

Mazkur sayt mutaxassislar oltinchi turdan o‘rin olgan jami sakkizta uchrashuvni tahlil qilib chiqdi. Xususan, Grodno shahrida “Nyoman” mehmoni bo‘lgan “Energetik-BGU”ning muvaffaqiyatida o‘zbek futbolchilarining hissasi alohida e’tirof etildi.

byede103c15b7

Football.by  sayti shunday yozadi:

O‘tgan yilgi chempionat boshida futbolimizga kirib kelgan Dembo Darbo samaradorligi past bo‘lgan Belarus chempionatida sermahsul o‘yin ko‘rsatib hammaning e’tiborini tortgandi. Hozir gambiyalikning o‘yinida pasayish kuzatilyapti. Biroq bu galgi chempionatda yangi yulduz porlay boshladi.

“Energetik-BGU”ning o‘zbekistonlik hujumchisi Bobur Abduxoliqov Grodnodagi bellashuvda xet-trik qayd etib, oltita uchrashuvdagi gollari sonini sakkiztaga etkkazib qo‘ydi.  Uning eng yaqin ta’qibchilari – Bogomolskiy va Darbo ikki baravar kam gol urgan.

Abduxoliqovning gol+pas tizimidagi bali o‘ndan o‘tdi. 8+3 va umumiy ochko o‘n bittani tashkil qilmoqda.

Qizig‘i shundaki, o‘tgan chempionatning dastlabki olti turida Darboning gollari va samarali paslari soni ham xuddi Boburniki singari 8+3 ko‘rinishida edi.

“Nyoman” chempionatda hali hech kimga engilmagan edi. Alamli mag‘lubiyat bo‘ldi. “Talabalar” har raqib darvozasi oldida kelgan har bir vaziyatni qadrlab o‘ynadi. Birinchi golda Abduxoliqov texnik mahorat ko‘rsatdi: bir tegishda to‘pni to‘xtatib, murakkab pozitsiyadan darvozabonni ojiz qoldirdi.

Umuman olganda, Boburdan uchta gol o‘tkazgan “Nyoman” posboni asosiy tarkibdagi joyini bo‘shatib qo‘ysa ham bo‘ladi.

Yana bir o‘zbek legioneri Abdulqodir Husanov jarima zarbasini qoyilmaqom yo‘llab, o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. Shu kuni urilgan barcha gollar – hatto “Nyoman”ning javob to‘pi ham o‘zbekistonlik o‘yinchilar (Shohruh Abdurahmonov o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi) hisobiga yozildi.

O‘zbeklar “yondirgan” uchrashuvdan keyin “Energetik-BGU” chempionlik uchun harakat qilayotgan BATEning asosiy ta’qibchisiga aylandi.

Football.by  sayti o‘z versiyasiga ko‘ra, oltinchi turning ramziy terma jamoasini aniqladi. Ushbu jamoaga Bobur Abduxoliqov va Abdulqodir Husanov kiritildi. Har ikki o‘yinchimiz ikkinchi marotabadan tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.

Oltinchi tur ramziy terma jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabon: Sadovskiy (“Gomel”, 1).

Himoyachilar: Baklanov (“Belshina”, 1), Husanov (“Energetik-BGU”, 2), Troyakov (“Belshina”, 2), A.Filipovich (BATE, 1).

Yarim himoyachilar: Yuzepchuk (“Shaxtyor-Soligorsk”, 1), Grechixo (“Dinamo-Minsk”, 1), Dragun (BATE, 2), Baxar (“Dinamo-Minsk”, 3).

Hujumchilar: Abduxoliqov (“Energetik-BGU”, 2), Barkovskiy (“Isloch”, 1).

38712_2bce04c6fae125a3ad8f0015d021716b

Belarus chempionatining ettinchi turi 7 va 8 may kunlari o‘tkaziladi va unda quyidagi juftliklar o‘zaro kuch sinashadi: “Arsenal” — “Isloch”, “Dnepr” — “Torpedo-BelAZ”, “Belshina” — “Slutsk”, “Slaviya” — “Dinamo-Bryansk”, “Minsk” — “Nyoman”, BATE — “Vitebsk”, “Energetik-BGU” — “Shaxtyor-Soligorsk”, “Gomel” — “Dinamo-Minsk”.

“Roma” hujumchisi: Ketishim kerak bo‘lgan vaqt kelganini bildim!

Gol urish mana bunaqa bo‘ladi! O‘zbek legioneri birinchi xet—trikni qayd etdi!

Shomurodovni ham o‘ynatib ko‘rdik, biroq... Mourino legionerimiz haqida ham gapirdi

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ғуломов Тўлқинжон
04/05/2022 16:58
Ўзбек Лигонерларига кўз тегмасин