O‘zbek klubiga yutqazgan futbolchi katta va’da berib qo‘ydi

  • 16 fevral, 2024, 17:37
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Samarqandning “Dinamo” jamoasi Superliga o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tamoqda.

Tecno

Samarqandliklar texnik, taktik, jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlaridan tashqari o‘yin amaliyotini kuchaytirish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazishga ham e’tibor qaratmoqda.

168b90a11b0e856e92c3f63a42cf0a87

“Dinamo” futbolchilari  Qozog‘iston Premer-ligasi vakili, o‘tgan mavsumni uchinchi o‘rinda yakunlagan “Aktobe” bilan bo‘lgan uchrashuvda Vohidjon Oqbo‘taev, Franchesko va Anvarjon Xolmirzaev tomonidan kiritilgan gollar evaziga 3:1 hisobida zafar quchgandi.

Ushbu bahsdan keyin “Aktobe” futbolchisi Alibek Qosim samarqandliklar bilan kechgan bahs haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.

unnamed_2

- Bu uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradik, lekin shunga qaramay, jamoa o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata oldi. Hozir yig‘in davomida yuklamamiz juda katta bo‘lyapti, muammolar ko‘p.

“Dinamo” bilan g‘alaba uchun o‘ynagan edik, biroq o‘xshamay qoldi. G‘alabalar yangi mavsum davomida bo‘ladi. Bunga so‘z beraman.

- Tez orada “Tobol” bilan o‘yin bor. Mana shu uchrashuv haqidagi o‘y-fikrlar “Dinamo”ga qarshi bahsga xalaqit qilmadimi?

- Yo‘q, biz har bir uchrashuvga faqat g‘alabani ko‘zlab tayrgarlik ko‘ramiz. “Tobol” bilan bo‘lajak uchrashuvga ham puxta tayyorlanamiz. Mavsum oldidan o‘zimizni tekshirib olishimiz uchun hali yaxshi o‘yinlar bo‘ladi.

- Sen “Dinamo” bilan o‘yinni zaxiradan boshlading. Maydonga tushishing oldidan murabbiy qanday ko‘rsatma berdi?

- Murabbiy intizom haqida bir juft so‘z aytdi, buni hammamiz bilamiz. G‘alaba uchun o‘ynagan edik, lekin buning imkoni bo‘lmadi.

209991_2a7491f55d755491e49849c9a493f865_1

Eslatib o‘tamiz, “Dinamo” jamoasi o‘tgan mavsumni Pro-ligada o‘tkazgan edi. Samarqandlik futbolchilar musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunlab, yana yuqori divizionda ishtirok etish  huquqini qo‘lga kiritdi.

“Dinamo” jamoasi yangi mavsumda Superligadagi ilk uchrashuvini 1 mart kuni o‘tkazadi.

Samarqandliklar shu kuni Namanganda “Navbahor” jamoasi mehmoni bo‘ladi. Namanganliklar o‘tgan mavsumni muvaffaqiyatli o‘tkazib, uchinchi o‘rinda yakunlagan edi.

Husanovning Evropa ligasidagi debyuti qanday baholandi?

Chempion jamoaga qo‘shilgan legionerimizni maqtashyapti

Legionerimiz gol urdi

O‘zbek hujumchisini Premer-liga klubi o‘z safiga qo‘shib oldi

O‘zbek futbolchilari legionerga aylanishga tayyor

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!