O‘zbek kikboksing asoschilaridan biri xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi yoxud "Billur" ligasi g‘olibi aniqlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda o‘zbek kikboksingiga tamal toshini qo‘yganlardan, ushbu yakkakurash olamida “Amaki” nomi bilan mashhur bo‘lgan  Shokir Zokirov xotirasiga bag‘ishlangan turnir bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 7 yoshdan 15 yoshga qadar bo‘lgan kikboksingchilar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar. 15 ta klub tarbiyalanuvchilari ishtirok etgan turnir yakunida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni “Billur” jamoasi, 2-o‘rinni “G‘ishtko‘prik” klubi va nihoyat shohsupaning uchinchi pog‘onasidan “Bek Shoh” klubi a’zolari o‘rin oldi.

Tecno

Mazkur turnir mobaynida kattalar o‘rtasida “Billur” ligasi chempionlik kamari uchun yarim professional yo‘nalishda janglar ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu liga musobaqasida 8 ta eng kuchli kikboksingchilar yagona titul uchun ringga ko‘tarilishadi. Bu janglar har bir vazn toifasida alohida bo‘lib o‘tadi. Bu safar -60 kg vazndagi sportchilar o‘rtasida uyushtirildi. Ikki kun davom etgan mazkur liga bahslari yakunida “Bek To‘pi” klubi a’zosi Bekzod Murodov barcha raqiblarini mag‘lub etib, ushbu kamar sohibiga aylandi.

photo_2020-01-13_11-34-59

photo_2020-01-13_11-37-39

photo_2020-01-13_11-37-55

photo_2020-01-13_12-03-26

kik

kik1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!