
O‘zbek bokschilari “Victory 8 boxing” mijozlari bilan sparring janglar o‘tkazadi... Jonli ravishda tomosha qilish imkoni bor
Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi bilan shartnomaga ega professional bokschilarimiz Olimjon Nazarov, Abdurasul Ismoilov va Ravshanbek Shermatov murabbiy Bobur Najmiddinov qo‘l ostida Vetnamda tayyorgarlik olib bormoqda. Bobur Najmiddinovning Sports.uz saytiga bergan ma’lumotiga ko‘ra, “Cocky Buffalo” tarkibidagi o‘zbekistonlik bokschilar qo‘shimcha ravishda Avstraliyaning “Victory 8 boxing” promouterlik kompaniyasi bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
Ular o‘rtasidagi dastlabki ijobiy qadamlar tashlandi. Ya’ni 16 may kuni ikki promouterlik klubi a’zolari, jumladan, o‘zbek bokschilari hamda “Victory 8 boxing” tarkibidagi charmqo‘lqop ustalari o‘rtasida ilk sparring janglari bo‘lib o‘tdi. Navbatdagisi 13 iyun kuni bo‘ladi. Ushbu janglar Avstraliya promouterlik kompaniyasining Xoshimin shahridagi ba’zasi hisoblanadigan “VSP boxing GYM” arenasida tashkil etiladi. Mazkur to‘qnashuvlar “Victory 8 boxing” ning Youtube kanali hamda Facebook tarmog‘i orqali jonli efirda namoyish etiladi. Mazkur havola orqali tomosha qiling!
Quyida mazkur sparring janglarning juftliklari bilan tanishing!
Fikrlar