
O‘yindan haydalgan Mourino “Fenerbahche”dan keyin Evrokuboklarga chiqolmaydigan jamoani boshqarishga va’da berdi
Evropa Ligasi umumiy bosqichining uchinchi turida “Manchester Yunayted” Turkiyada “Fenerbahche” bilan kuch sinashib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Bellashuvning kulminatsion nuqtasi 58-daqiqaga to‘g‘ri keldi. Hakamlarga e’tiroz bildirib charchamagani mezbonlar bosh murabbiyi Joze Mourino maydondan haydaldi.
Bosh murabbiyning chetlatilishi tabiiyki turklar o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Joze Mourino o‘yindan keyin keskin fikr bildirdi.
- “Fenerbahche”ni tark etganidan keyin qiladigan eng yaxshi ishim, Evrokuboklarda qatnashmaydigan jamoani boshqarish bo‘ladi. Shunday ekan, Angliya chempionatining quyi pog‘onalarida borayotgan klublarga ikki yildan keyin murabbiy kerak bo‘lsa, men tayyorman, - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Mourino “Fenerbahche”ni 2024 yilning yozida qabul qilib olgan va klub bilan ikki yillik shartnoma imzolagan edi.
Fikrlar