
Oybek Jo‘raev jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.
Bugun kun doirasida hamyurtlarimiz orasida birinchi bo‘lib Oybek Jo‘raev ringga ko‘tariladi. -54 kg vazn toifasida bokschimiz serbiyalik Tamir Galanov bilan jang qiladi.
Bokschilar chiqib keldi. Hamyurtimiz ko‘k libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qilmoqda.
Birinchi raundda Oybek Jo‘raevning qo‘li baland keldi - 5:0.
Vakilimiz ikkinchi raundda ham ustunlikka erishdi - 5:0.
Uchinchi raundda ham hakamlar bir ovozdan Oybekning ustunligini qayd etishdi. Yakuniy hisob ham 5:0. Shu tariqa, Oybek Jo‘raev ham jahon chempionatini g‘alaba bilan boshladi.
Fikrlar