OTJ “Dubai Cup-U23”dagi ishtirokini yakunlandi

  • 19 noyabr, 2019, 22:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Dubai Cup-U23” turnirida ishtirok etayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni Saudiya Arabistoni jamoasiga qarshi o‘tkazdi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etildi. Jamoamiz safida olimpiyachilarimiz sardori Islom Qobilov va Abdulla Abdullaev raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Tecno

“Dubai Cup-U23”

O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni 2:2

Gollar: Islom Qobilov (48), Abdulla Abdullaev (90+2) – Saad Ali Alsaluli (5), Sami Halil Al Naji (17).

O‘zbekiston U-23: 1.Abduvohid Ne’matov, 3.Sharof Muhiddinov, 5.Dilshod Saitov, 6.Aziz G‘aniev, 9.Jasur Yaxshiboev, 10.Bobir Abdixoliqov, 11.Mirjahon Mirahmadov, 14.Abror Ismoilov, 15.Oybek Rustamov,  19.Ilhom Alijonov, 23.Oybek Bozorov.

Zaxira: 12.Nizomiddin Ziyovutdinov, 2.Islom Qobilov, 4.Abdulla Abdullaev, 8.Nurillo To‘xtasinov, 13.Sherzod Nasrullaev, 16.Aziz Amonov, 17.Islom Rashidxonov, 18.Husniddin Aliqulov, 20.Shahboz Jo‘rabekov, 22.Doston Ibragimov, 24.Asad Sobirjonov, 31.Ibrohim Yo‘ldoshev

Shu tariqa Olimpiya terma jamoamiz mazkur musobaqadagi ishtirokni yakunladi. Bu Lyubinko Drulovich uchun kelasi yil yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati oldidan yangi futbolchilarni ko‘zdan kechirish, qator taktik sxemalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyatini berdi.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz o‘tkazilgan 4 uchrashuvda 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!