Otabek Xolmatov da’vogar bo‘lgan chempionning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi

  • 3 aprel, 2023, 17:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO
Professional boksning yarim engil vazn toifasida (57,2 kg) WBA chempioni meksikalik Maurisio Lara (26-2-1, 19KO) 27 may kuni Angliyaning Manchester shahrida mezbok bokschi Ley Vudga (26-3, 16KO) qarshi revansh jangini o‘tkazadi. 
 
Ular joriy yilning 18 fevral kuni ham o‘zaro to‘qnash kelishgan va unda Lara muddatidan oldin g‘alaba qozongan edi. 
 
Eslatib o‘tamiz, ushbu vaznda WBA chempionlik kamari uchun hamyurtimiz Otabek Xolmatov majburiy da’vogar hisoblanadi va katta ehtimol bilan Lara-Vud bahsi g‘olibi Xolmatovga qarshi himoya jangiga buyuriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!