
Otabek Shukurov maydonga qaytdi
Mazkur bahsda BAAning amaldagi chempionlari 5:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Biz uchun ahamiyatli tomoni mehmonlar safida Shukurov maydonga tushdi va 90 daqiqa davomida maydonda faol harakatlandi.
Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli futbolchi O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 25 mart sanasida Xitoyga qarshi kechgan bellashuvda jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Bu uning ana shu bahsdan keyingi ilk o‘yini bo‘ldi.
Kechagi g‘alaba evaziga "Sharja" hisobidagi ochkolar soni 3 taga etdi va jamoa "V" guruhi turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fikrlar