
Oston O‘runovning jamoasi bugun qora bog‘ichlarda maydonga chiqadi
Bugun Rossiya Premer-ligasida 11-tur o‘yinlari start oladi. Hamyurtimiz Oston O‘runov faoliyat olib boradigan "Spartak" jamoasi safarda "Ximki"ga qarshi bahs olib boradi.
Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladigan ushbu bellashuvda mehmonlar 55 yoshda vafot etgan sobiq futbolchi Vasiliy Kulkov xotirasiga qora bog‘ichlarda harakat qiladi.
Fikrlar