Oston O‘runov sobiq jamoasiga qarshi o‘yinda jarohat oldi

  • 30 noyabr, 2021, 12:19
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kecha, RPL doirasidan o‘rin olgan "Ufa" va "Spartak" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur bahsda jamoalar 1:1 hisobida durangga imzo chekdi.

Tecno

"Ufa" yarim himoyachisi Oston O‘runov 25-daqiqada jarohat olib, maydonni erta tark etdi. Uning o‘rniga Filip Mrzlyak tushirildi. Futbolchi maydonda o‘tirib oldi va shifokorlarga murojaat qildi. Katta ehtimol bilan uning eski jarohati qo‘zg‘agan bo‘lishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, Ostonning transfer huquqi "Spartak"ka tegishli. Legionerimiz boshqirdistonliklar safida ijarada harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!