
Oston O‘runov ishga kirishdi (foto)
O‘zbekiston milliy terma jamoasining mart oyidagi yig‘inida ishtirok etgan legionerlarimiz yana o‘z klublariga qaytmoqda. Avvalroq, Eldor Shomurodovning "Jenoa" mashg‘ulotlaridan suratlarini taqdim etgan edik.
Italiyaga qaytgan Shomurodov mashg‘ulotlarga kirishdi (foto)
Endi RPLda ishtirok etayotgan "Ufa" futbolchisi Oston O‘runov ham klub mashg‘ulotlarida ko‘rinish berdi. Jamoa matbuot xizmati ushbu jarayondan fotolarni taqdim etdi. Unda ancha sovuq bo‘lishiga qaramay, legionerimiz shug‘ullanishda davom etayotganligi aks etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘runov qishki tanaffus paytida "Spartak"dan "Ufa" tarkibiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida u 4 ta o‘yinda umumiy 184 daqiqa maydonda harakat qilgan.
Oston terma jamoamizning har ikki o‘yinini asosiy tarkibda boshladi va yaxshi harakat qildi. "Gana"ga qarshi bellashuvda uning faol harakatlari va uzatmasidan keyin Otabek Shukurov hisobni ochgan edi.
Ma’lumot uchun, ufaliklar Premer-liga 24-turidan o‘rin olgan uchrashuvni "Dinamo" Moskva maydonida o‘tkazadi. Bahs 3 aprel kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar