
Shomurodov Saloh va Modrich bilan bir qatorda tilga olindi
Xabaringiz bor, FIFA kunlari davomida Osiyoning ko‘plab nomdor terma jamoalari JCh-2022 hamda 2023 yilda o‘tkaziladigan Osiyo Kubogiga tayyorlanish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazdi.
Statistik ma’lumotlar bilan shug‘ullanuvchi "Transfermarkt" portali 19 sentyabrdan 27 sentyabrga qadar davom etgan xalqaro tanaffusda termaga chaqirilgan futbolchilarning transfer qiymatidan kelib chiqib, Osiyoning eng qimmat terma jamoalarini aniqladi.
Unga ko‘ra, Janubiy Koreya 145.65 million evro bilan ro‘yxatning birinchi o‘rinini band etgan. O‘zbekiston MTJ 25.95 million evro ko‘rsatkich bilan beshinchi pog‘onadan joy olgan.
Fikrlar