
Osiyo kubogi U-23 saralashi. Terma jamoamiz joy olgan “D” guruhida 2-turdan keyin vaziyat qanday?
Xabaringiz bor, ayni kunlarda poytaxtimiz U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhi o‘yinlariga mezbonlik qilmoqda.
Quyida 2-turdan keyin guruhdagi vaziyat bilan tanishib olishingiz mumkin:
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqaning final bahslari mamlakatimiz maydonlarida o‘tkaziladi, shu sababli vakillarimiz musobaqaga mezbon sifatida yo‘l olib bo‘lgan. Saralash bosqichidagi ishtirok esa tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi.
Bugun 3-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistoni va Bangladesh o‘rtasidagi o‘yin tomonlarning kelishuvi va OFKning roziligi bilan “Bunyodkor” stadionida o‘tkazilishi belgilandi.
Fikrlar