Osiyo kubogi saralashi. Quvayt ustidan yirik hisobda g‘alaba qozongan vakillarimiz 1-o‘rinni egalladi

  • 2 noyabr, 2021, 17:06
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichidan o‘rin olgan Quveyt - O‘zbekiston uchrashuvi yakuniga etdi. Unda vakillarimiz 5:1 hisobida zafar quchdi.

Tecno

Diyorbek Rahimqulov 37-daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Hojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov hamda Ulug‘bek Hoshimov tablodagi farqni yirik ko‘rinishga keltirdi. Erkinovdan dubl. Raqib safida Abdulaziz Mahran bu gollarga bir bor javob qaytardi.

Shu tariqa, 7 ochko jamg‘argan futbolchilarimiz guruh bosqichini 1-o‘rinda yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!