Osiyo kubogi saralash. O‘zbekiston U-20 terma jamoasi joy olgan guruh bilan tanishing (foto)

  • 24 may, 2022, 13:28
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Sal avval 2023 yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan  U-20 terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi "A" guruhidan joy oldi. 

Tecno

Ushbu guruhda hamyurtlarimizga Saudiya Arabistoni, Maldiv, Myanma  va Xitoy raqiblik qiladi. Eslatib o‘tamiz, saralash bahslari yurtimizda o‘tkaziladi.

Dastlab, 10 sentyabr kuni  Maldiv, 12 sentyabrda Myanma, 14 sentyabr sanasida Saudiya Arabistoni hamda 16 sentyabr kuni Xitoyga qarshi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot o‘rnida, saralashdan 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 10 ta jamoa, eng yaxshi 5 ta 2-o‘rin sohiblari Osiyo kubogiga yo‘llanma oladi. Mezbon sifatida O‘zbekiston terma jamoasi 16-ishtirokchi sanaladi. Biroq ular saralashda qatnashayotgani bois birinchi yoki ikkinchi o‘rinni oladigan bo‘lsa, eng yaxshi 6 ta 2-o‘rin egasi qit’a birinchiligida ishtirok etadi. 

sara

saralash

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
grossmeester@mail.ru
24/05/2022 18:28
саралаш саудияда дейилди яхшилаб текшириб олинглар
осиё чемпионатини узи узбекистонда дейилди.
тугри малумот беринглар