
Osiyo Kubogi-2023. Ikkita o‘yinni ko‘rish uchun bitta chipta kifoya. Narxi esa...
Osiyo Kubogi–2023 saralash bahslari doirasidan o‘rin olgan Tailand – Maldiv, O‘zbekiston – Shri-Lanka terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar uchun chiqarilgan barcha sektorlarning chiptalari ertadan sotuvga chiqadi.
Chiptalar Namangan shahar, “Chorsu”dagi yakka qabr oldi, “Sardoba”dagi “Megapolis” savdo majmuasi, Davlatobod tumanidagi “Markaziy” o‘yingoh, “Kamolot” bog‘i kassalarida sotilmoqda.
Chiptalar narxi 10.000 so‘m etib belgilangan va muxlislar bitta chipta xarid qilgan holda, har ikki bahsni bevosita stadionda tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Chiptalarni xarid qilishga shoshiling hamda milliy terma jamoamizni bevosita stadionda qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar!
Eslatma: Mazkur o‘yinlar 8 iyun kuni soat 17:00 hamda 20:30 da boshlanadi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar