
Osiyo chempionati. Umumjamoa hisobida Qozog‘istonni ortda qoldirdik
Final janglari to‘liq yakunlanib bo‘lmasidan, O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar o‘rtasidagi bahslarda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashi ma’lum bo‘ldi. Bundan biroz oldin Bobousmon Baturov delegatsiyamiz hisobiga uchinchi oltin medalni qo‘shib qo‘ydi.
Shu tariqa bu borada eng yaqin ta’qibchi - Qozog‘istondan medallar sifati bo‘yicha o‘zib ketildi. Qo‘shnilarimiz hisobida hozircha bitta oltin medal (Tursunboy Qulahmet) mavjud. Qolaversa, hali oldinda ikki final bor.
Ammo oltin medallar soni teng kelgan taqdirda, vakillarimiz kumush medallar soni bo‘yicha ham Qozog‘istonni ortda qoldiradi.
Fikrlar