
Osiyo chempionati. Sanjar Tursunov va yana ikki bokschimiz finalda
Kunduzgi dasturda hozirga qadar uch nafar hamyurtimiz ringga ko‘tarildi va ularning har uchchalasi raqiblaridan ustun kelishdi. Dastavval -49 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Nodirjon Mirzahmedov qirg‘izistonlik Mirlan Turkbai Uuluni mag‘lub etdi.
-56 kg vazn toifasida esa Mirazizbek Mirzahalilov filippinlik Pedres Bautistani taslim etdi.
-91 kgda Sanjar Tursunov Iordaniya vakili - Hussayn Iashaishni musobaqadan chiqarib yubordi.
Foto: O‘BF
Fikrlar