
O‘runovning transfer narxi aniq bo‘ldi
“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov mavsumni ijara asosida “Ufa” o‘tkazishga tayyor ekani va hamyurtimiz tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tgani haqida xabar bergan edik.
Tomonlar o‘tkazgan muzokaralardan so‘ng, ufaliklar 20 yoshli futbolchini mavsum oxirida to‘liq transfer qilish borasida ham kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra, “Ufa” joriy chempionat yakunlanganidan keyin O‘runovni bir million evro evaziga sotib olish imkoniga ega bo‘ladi.
O‘tgan mavsum oxirida ham ufaliklar O‘runovni to‘liq qaytarish uchun bir million evro taklif qilib, moskvaliklardan rad javobini olgan edi.
Oston O‘runovning “Ufa”ga transferi rasman bugun e’lon qilinishi kutilmoqda.
Fikrlar