O‘runovni Rossiyaga qanday borib qolganini eslashdi

  • 17 yanvar, 2021, 16:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Evseev o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runovning ufaliklar tarkibiga qanday qo‘shilganini esladi.

Tecno

- O‘runovning transferi o‘sha davrdagi “Ufa” bosh direktori Shamil Gazizovning loyihasi edi. Men uni ko‘p ko‘rmaganman. Kiprdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inidan bir hafta oldin Shamil Gazizov menga “Valentinich, jamoaga O‘zbekistondan bir bola ko‘rik uchun kelishiga qarshi bo‘lmaysanmi?”,  - deb so‘radi. Oston ko‘rikka keldi. Ikkinchi yig‘inda uni tarkibga qo‘shib oldik, - dedi o‘sha paytlarda "Ufa" bosh murabbiyi bo‘lgan Vadim Evseev.

Oston O‘runov 2020 yilging fevralida ufaliklar bilan shartnoma imzoladi. Yozgi transferlar vaqtida esa Shamil Gazizov o‘zbek futbolchisini o‘zi bosh direktor etib tayinlangan “Spartak” jamoasiga olib o‘tdi. Moskvaliklar tarkibida hamyurtimiz jami 9 ta uchrashuvda bitta gol urdi. Qishki transferlar vaqtida O‘runov jamoadan ketishi yoki “Spartak-2” tarkibiga o‘tkazilishi kutilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Lochinlarga baland parvoz ....
17/01/2021 17:54
Остон узи зур,иктидорли футболчи сени руслар синдиришяпти уйин бермай.юю лекин сен узинг купрок тренировка килавер,сени келажагинг олдинда....терма жамоага кераксан..