O‘runov va Yuran mojarosi davom etadi...

  • 28 yanvar, 2021, 09:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“SKA-Xabarovsk” bosh murabbiyi Sergey Yuran o‘tgan yilning dekabrida “Spartak”ning o‘zbekistonlik legioneri Oston O‘runovning yoshi 4-5 yilga kichraytirilgani haqida aytgandi. Uning bu iddaosi katta shov-shuv va e’tirozlarga sabab bo‘lgan edi.

Tecno

Bu masalaga e’tibor qaratgan Rossiya futbol ittifoqi Etika qo‘mitasi surishtiruv o‘tkazib, Yuranni aybdor, deb topdi va unga 250 ming rubl miqdorida jarima belgiladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Sergey Yuran aybini tan olmagan. Rossiyalik murabbiy uch kun ichida Etika qo‘mitasining qaroriga qarshi apellyatsiya berishini ma’lum qildi.

- Tegishli hujjatlarni bugun qo‘limga tegdi va yuristim ularni o‘rganib chiqyapti. Uch kun ichida protest kiritishimiz mumkin va biz shunday qilamiz ham. Bu hech qanday mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. Men chorak million rubl miqdoridagi jarimaga tortilayotgan birinchi odam bo‘lsam kerak, - dedi Yuran.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Алишер Собиров
28/01/2021 11:51
Фаросат булмаса кийин экан