O‘runov: Maoshim qanchaligini bilmayman, pulni men olmayman

  • 20 noyabr, 2020, 11:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov jurnalistlar bilan suhbatda Moskva klubidan qancha maosh olishini bilmasligini aytdi.

Tecno

- O‘zbekiston chempionatida o‘ynagansan. Keyin Rossiyaga kelding va hozir “Spartak”dasan.Maoshing yuz barobar oshgan desak, bo‘ladimi?

- Bundan xabarim yo‘q, otam biladilar.

- Ya’ni, bor puling otangdami?

- Ha, hammasi uyda, otamda turadi.

- Bir oylik xarajating qancha?

- Otam bilan men qancha ishlatishim kerakligini muhokama qilamiz. Men yashashga etadigan va kiyim-kechakka o‘xshagan narsalar uchun pul olaman. Qolgan pullar otamda turadi.

- O‘zing qancha maosh olishingni bilmaysanmi?

- Yo‘q, bilmayman, - dedi Oston O‘runov suhbatda.

Avvalroq, Oston O‘runov “Spartak”da yiliga 600 ming evro maosh olishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tedesko: Kokorin bo‘lmasa, O‘runov bor!

O‘runovning raqobatchisiga og‘iz solayotgan Angliya klublari nomi oshkor bo‘ldi

 Rossiya futbolida mojaro. Jaloliddinov jamoadoshlari O‘runov jamoasiga qarshi o‘ynashdan bosh tortmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rustamov Dilmurod
20/11/2020 14:06
Aqlli bola