O‘runov jamoasida hammasi joyida. Klub RPLda qolishiga ishonmoqda!

  • 23 dekabr, 2021, 18:53
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ufa" bosh direktori Shamil Gazizov jamoaning holati haqida ma’lumot berdi. Boshqirdiston sport vaziri Ruslan Habibov bilan uchrashuvdan so‘ng Gazizov quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

Tecno

"Biz ommaviy va bolalar futbolini rivojlantirishga qaror qildik. Bu majlisning asosiy mavzusi bo‘ldi. Professional futbolga kelsak, oldinda bizni olti oylik jarayon kutib turibdi. Harakatlarimiz natija berishi shart. Bu Respublika rahbari Radiy Faritovich Xabirovning farmoni.

Barcha moliyaviy qiyinchiliklarimiz hal bo‘ldi va biz Rossiya Premer-ligasida o‘z o‘rnimizni saqlab qolishimizga ishonchimiz komil".

Oston O‘runov harakat qilayotgan "Ufa" joriy mavsum RPL 18-turidan keyin 16 ochko bilan 15-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!