O‘runov bir kunda o‘ziga yangi jamoa topdi!

  • 2 sentabr, 2022, 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Spartak” klubi ikki yil muqaddam “Ufa”dan transfer qilingan o‘zbekistonlik yarim himoyachi Oston O‘runov bilan shartnoma rasman bekor qilingani haqida rasmiy xabar tarqatdi.

Tecno

Poytaxt klubi legionerimizga o‘zini ko‘rsatishi uchun etarli imkoniyat bermadi. Bu ko‘p jihatdan O‘runovni “Ufa”dan “Spartak” jamoasiga olib kelinishiga bosh bo‘lgan o‘sha paytdagi bosh direktor Shamil Gazizovning  klub xo‘jayini Leonid Fedun bilan kelisha olmay qolganiga bog‘liq edi.

6af08771c4e2df5dcba9b974600af85f5ef4c47042a5d621388660

Keyingi ikki yil Ostonga haqiqiy sinov davri bo‘ldi. Moskvaliklar uni ikki marta “Ufa”ga ijaraga berib yubordi. Iste’dodli yarim himoyachi ko‘p jarohat olgani bois, sobiq jamoasida ham o‘zini ko‘rsata olmadi. Faqat o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmiga kelib, O‘runov yuqori sport formasini tiklab olishga erishdi.

“Ufa” birinchi ligaga tushib ketganidan keyin ijaradan Moskvaga qaytgan O‘runovga “Spartak”da o‘rin yo‘qligi va boshqa jamoaga o‘tishi kerakligi aytildi. Mana masala shu darajaga etib, yarim himoyachimiz 2025 yilning yozigacha mo‘ljallangan bitimni bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Tabiiyki, yaxshi futbolchi ishsiz qolmaydi. O‘runovni Rossiya premer-ligasi vakili “Ural” o‘z safiga chorlamoqda.

“Ural” prezidenti Grigoriy Ivanov “RB Sport” nashriga bergan intervyusida klub Oston O‘runov bilan shartnoma imzolashga qaror qilganini bildirdi.

- O‘runov bilan shartnoma imzolasak, bu haqda rasman e’lon qilamiz. U avval qarorgohimizga etib kelsin. U yog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Muzokaralar olib borildi. Shuning uchun ham uni kutyapmiz.

- Futbolchi bilan qancha muddatga bitim tuziladi?

- Hozircha, uning qanday holatda kelishini bilmaymiz. Avval murabbiylar uni ko‘rikdan o‘tkazishi kerak. Dastlab, bir yarim mavsumga shartnoma qilishni mo‘ljallab turibmiz. Buning uchun u asosiy tarkibda muntazam o‘ynashi kerak.

Ayni paytda O‘runov qanday sport formasida ekani bizga qorong‘u. O‘z yurti terma jamoasida to‘p tepgan bo‘lsa ham, ko‘p vaqtini maydondan tashqarida o‘tkazdi.

- Oston qachon keladi?

- Bugun-erta shu erda bo‘lishi kerak.

6fed4a78e0f79a0e9a2de07c6384eb46

Oston O‘runov “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Professional futbolchi sifatida “Navbahor”da shakllangan. Keyinchalik Toshkentning “Lokomotiv” klubida to‘p tepdi va aynan “temiryo‘lchilar” safida Rossiya premer-ligasiga yo‘l oldi. Legioner sifatida  “Ufa” va “Spartak” jamoalarida o‘ynadi.  

O‘runov klublar maqyosida jami 111 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga beshta gol va beshta assist rasmiylashtirgan. Bu futbolchi maydon markazi, har ikki qanot va hujumchi ortida o‘ynay oladigan universal ijrochi hisoblanadi.

Oston 2019 yildan beri O‘zbekiston milliy terma jamoasidan joy olib kelmoqda. Hozircha, 21 yoshli futbolchimiz ettita uchrashuvda bitta to‘p kiritgan.

Shomurodov ro‘yxatda!

So‘nggi imkoniyat: Shomurodovga uch da’vogar va Eldor qaysi klubga nasib qiladi?

Mourino Abraxamdan qattiq norozi, endi Shomurodovga imkon beradimi?

Jamoasiga ilk g‘alabani keltirgan futbolchimiz eng zo‘rlar qatoridan joy oldi!

Evropa klublari nazariga tushgan legionerimiz yana gol urib, jamoasini birinchi o‘ringa ko‘tardi!

Shomurodov Rossiyaga qaytadimi?

“Roma”: Shomurodov superto‘purar yo‘lini to‘sib turibdi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!