O‘runov, o‘ynasang Roy Kin yoki Gattuzodek o‘yna!

  • 9 sentabr, 2020, 00:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Spartak”da debyutini muvaffaqiyatli o‘tkazgan o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov futbol mutaxassislari va muxlislari diqqat markazida bo‘lib turibdi. Rossiyalik jurnalistlar iste’dodli futbolchi haqida ko‘proq ma’lumot to‘plash, uning mahorati va o‘yin uslubini bilib olish uchun Oston O‘runovga “Navbahor”da ustozlik qilgan Andrey Kanchelskisga murojaat qilib, hamyurtimiz haqida fikrlarini so‘radi.  

Tecno

3beb8c302ca09717dd329d3bf681e0f5_2

- Oston O‘runovning "Spartak"dagi istiqbolini qanday baholaysiz?

- U “Navbahor”da mening qo‘l ostimda o‘ynaganku. Juda iste’dodli bola. Baland bo‘yli, baquvvat, texnikasi zo‘r, tezkor va zarbasi kuchli futbolchi. Ruhiyati baland, o‘yinda mas’uliyatni o‘ziga olishdan qo‘rqmaydi, hayiqmay raqibni aldab o‘tadi. Agar O‘runovni taktik jihatdan yanada kuchliroq tarbiyalashsa, u “Spartak” jamoasiga katta foyda keltiradi.

4c012fb7edbb1179b63945421ff7b29e_2

- Qaysi pozitsiyada?

Bizda hujumkor pozitsiyada o‘ynardi. U to‘pni egallab olib, oldinga tashlangan holda ikki-uch raqibini aldab o‘tib, aniq zarba berardi. Yoki jamoadoshiga zo‘r pas oshirardi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasida uni maydon markazida o‘ynatishdi. Uning erkin harakat qilishiga ruxsat berishardi. Ba’zan bu ish bermasdi. O‘z darvozasiga yaqin joyda raqibni aldab o‘tolmay, to‘pni yo‘qotgan paytlar ham bo‘lgan.

Men Ostonga katta futbolda talablar umuman boshqacha ekanini tushuntirib berganman. Misol tariqasida, Roy Kin, Pol Ins, Stefan Shvarts va Jennaro Gattuzodek o‘ynashi kerakligini keltirgandim. Bu yigitlarning boshqalardan farqi – ular maydon markazida o‘ta ehtiyotkor va fantastik darajada ishonchli o‘ynar edi. Va ular oddiy vaziyatda ham umuman to‘pni yo‘qotmas edi.

20101123_dlp_p34_258-1050x600

O‘runovning bizning uslubga ko‘nikishi qiyin kechayotganini bilib, uni hujum chizig‘iga yaqinroq pozitsiyaga qo‘ydim. Hujumkor futbolchi sifatida o‘yini ochilib ketdi, har bir uchrashuvda kamida bir juft xavfli vaziyat yaratadigan bo‘ldi.

- U takabbur bolami?

- Nimalar deyapsiz! Aksincha, og‘ir-bosiq bola. Odamgarchiligi bo‘yicha gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Rejimga qat’iy amal qiladi. Bu borada O‘zbekiston futbolchilari o‘rtasida qoidabuzar shaxslar umuman yo‘q.

- O‘runov “Spartak” bilan shartnoma imzolaganidan keyin qimmatbaho xaridlari suratini ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga joyladi...

1597314558538928491

- Men nega shu suratlar uchun unga osilishayotganini umuman tushunmayman. Boshqa futbolchilar do‘konlarga bormaydimi? Brend mahsulotlarni xarid qilishni istamaydimi? Mayli, Oston xaridlar sonini oshirib yuborgandir. Ko‘zi yonib, ko‘proq narsa olgandir. Yoshlikda shunaqasi ham bo‘ladi.

Andrey Kanchelskis orada qisqa tanaffusni hisobga olmaganda, 2018 yildan buyon “Navbahor”ni boshqarib kelmoqda. Murabbiy sifatida Rossiya va Latviya klublarida ishlagan. Futbolchilik faoliyati davomida sobiq Ittifoq tarqalib ketganidan keyin, “Manchester Yunayted”, “Everton”, “Fiorentina”, “Glazgo Reynjers”, “Manchester Siti”, “Sautgempton”, “Al-Hilol” jamoalarida legioner sifatida o‘ynadi. Keyinchalik Rossiyaga qaytib, “Saturn” va “Krilya Sovetov” sharafini himoya qildi.

Andrey Kanchelskis Angliya va Shotlandiya chempioni, Evropa Superkubogi, SSSR, Angliya,  Shotlandiya va Saudiya Arabistoni kubogi sohibi bo‘lgan.  U sobiq Ittifoq, MDH va Rossiya terma jamoalarida to‘p surgan. Faoliyati davomida 500 dan ortiq uchrashuvda 100 dan ziyod gol urgan.

“Spartak” bir necha futbolchilardan qutilmoqchi. O‘runov nima qiladi?

“Spartak”ning eng qimmat futbolchisi ketishiga O‘runov sababchimi?

Shomurodov, Jaloliddinov va O‘runovga Evropa eshigi ochiladimi?

Legionerlarimiz kubok uchun kurashadi. 20 million mukofoti ham bor!

O‘runovning o‘yinini o‘zgartirmang!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!