
O‘rtoqlik uchrashuvi. Rossiya o‘z maydonida Eronni mag‘lubiyatga uchratdi
Navbatdagi FIFA kunlarida ayrim jamoalar Jahon chempionati saralashidagi uchrashuvlarini o‘tkazayotgan bo‘lsa, ayrimlar o‘rtoqlik bellashuvlarida ishtirok etishmoqda.
Yana bir to‘qnashuvda Rossiya terma jamoasi o‘z uyida Eronni qabul qilib, 2:1 hisobiga mag‘lubiyatga uchratdi.
O‘yinning 28-daqiqasida Dmitriy Dmitrievich Vorobyov hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 3-daqiqasida esa Xosseynzade Amirxosseyn oradagi farqni yo‘qqa chiqazgan holda hisobni tenglashtirdi. Bundan tashqari, uchrashuvning 70-daqiqasida 20 yoshli yarim himoyachi hisoblangan Aleksey Andreevich Batrakov gol urib, Rossiyaga g‘alabani taqdim etdi.
Fikrlar