
O‘rtoqlik o‘yini. "Dinamo" "Xorazm"ni mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" jamoasi Toshkentda dastlabki nazorat bahsini o‘tkazdi.
Vadim Abramov shogirdlari Hakim Fuzaylov murabbiyligidagi "Xorazm"ga qarshi maydonga chiqishdi. Sun’iy qoplamali maydonda o‘tgan bahsda murabbiylar shtabi asosan yoshlardan iborat tarkibni sinovdan o‘tkazishdi. Uchrashuvda Mirjahon Mirahmadovning yagona goli samarqandliklarga g‘alaba keltirdi – 1:0.
Ma’lumot uchun, Abramov jamoasi navbatdagi nazorat uchrashuvi 13 yanvar kuni "Bunyodkor"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar