
"Oltin to‘p"ni Mbappe oladi
PSJ futbolchisi Ashraf Hakimi bu yil jamoadoshi Kilian Mbappening "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishiga umid qilmoqda.
"O‘tgan yilgi faoliyati bilan solishtirganda, menimcha, u endi "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishga loyiq.
U ajoyib o‘yinchi va umid qilamanki, u bu yil g‘alaba qozonadi", - dedi PSJ himoyachisi.
Eslatib o‘tamiz, "Oltin to‘p"ni topshirish marosimi 30 oktyabr kuni Parijda bo‘lib o‘tadi. 24 yoshli frantsiyalik forvard "France Football" tomonidan topshiriladigan mukofotga da’vogarlar orasida bor.
Fikrlar