
"Olimpik" "Ximki"ni mag‘lub etdi
Turkiyada yig‘in olib borayotgan "Olimpik" bugun Rossiyaning "Ximki" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
O‘yin vakillarimizning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. "Olimpik" safida Alisher Odilov va Ibrohim Ibragimov gol mualliflariga aylandi.
Nazorat uchrashuvi
4 fevral, 2024 yil
"Olimpik" - "Ximki" (Rossiya) - 2:1
Gollar: Alisher Odilov (pen.) 34, Ibrohim Ibragimov (pen.) 45 - Daniil Stepanov 21.
"Olimpik": Hamidullo Abdunabiev, Shahzod Toirov, Mahmud Mahamadjonov, Aleksandr Zevadinov, Saidazamat Mirsaidov, Abdurauf Bo‘riev, Ibrohim Ibragimov (Behruz Asqarov 61), Farrux Muxtorov (Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 40), Alisher Odilov, Otabek Jo‘raqo‘ziev, Jasurbek Jaloliddinov.
"Olimpik" matbuot xizmati.
Fikrlar