
"Olimpiakos" xo‘jayini koronavirusga chalindi
Gretsiyalik mashhur biznesmen va siyosatchi Evangelos Marinakis koronavirusga chalindi.
“Yangi virus menga “mehmon bo‘ldi” va men bu haqda ommaga ma’lum qilishim kerak. Hozir o‘zimni yaxshi his qilyapman, chunki men barcha kerakli choralarni ko‘rdim va shifokorlarning ko‘rsatmalariga amal qildim. Barcha yurtdoshlarimni ham shunday harakat qilishga chorlayman. Hammaga tezroq sog‘ayib ketishlarini tilayman”, - deydi Marinakis.
Ma’lumot uchun, Marinakis "Olimpiakos" va "Nottingem Forest" klublari xo‘jayini hisoblanadi.
Fikrlar