Oldinda Germaniya: Ular Husanovni tanlashdi!

  • 22 fevral, 2024, 08:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa kuboklari har bir futbol muxlisining e’tiborini qozona oladigan musobaqa. O‘zbekistonlik futbol ishqibozlari o‘tgan yilning kuzidan beri Frantsiya vitse-chempioni “Lans”ning xalqaro maydondagi o‘yinlarini kuzatib kelmoqda.

Tecno

Bunga lansliklar o‘tgan yoz Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgani sabab. 19 yoshli futbolchimiz Evropa Chempionlar ligasida ikkita o‘yin o‘tkazdi. Garchi “Lans” qit’aning eng nufuzli musobaqasida pley-offga chiqa olmagan bo‘lsa-da, boshqa turnir – Evropa Ligasida ishtirok etish uchun kurashmoqda.

khadra-khusanov-reims-lens-180224-e1708276594517

O‘tish bosqichida lansliklar Germaniyaning “Frayburg” jamoasiga to‘qnash kelgan. Frantsiyadagi ilk uchrashuvda hisob ochilmadi. Javob o‘yini 22 fevral kuni Germaniyada tashkil etiladi.

Hal qiluvchi uchrashuvda “Lans”ning eng kuchli himoyachisi Kevin Danso diskvalifikatsiya sababli jamoasiga yordam bera olmaydi. Frank Xeyz  boshchiligidagi murabbiylar shtabi avstriyalik himoyachiga munosib o‘rinbosar topishi kerak.

“Lans” faoliyatini yoritib kelayotgan lensois.com sayti himoya markazini egallashga eng munosib futbolchi kimligini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasida so‘rovnoma tashkil qildi. Unga ko‘ra, birinchi o‘rin katta ustunlik bilan Abduqodir Husanovga nasib qildi.

Muxlislarning 78,01 foizi o‘zbek himoyachisi “Frayburg” qarshi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda, himoya markazida boshlashi kerak, deb hisoblamoqda.

So‘rovnoma natijalari quyidagicha ko‘rinish oldi:

Abduqodir Husanov: 78,01%

Fakundo Medina: 7,52%

Ikkita markaziy himoyachi bilan o‘ynash varinati: 7,23%

Jonatan Gradit: 3,69%

Massadio Xaydara: 3,5%%

Boshqalar: 0%.

“Lans” ishqibozlari Abduqodir Husanovga ishonch bildirayotgani bejiz emas. Legionerimiz Frantsiyaning avvalgi turida “Reyms”ga qarshi safar uchrashuvini yuqori saviyada o‘tkazdi. Raqib hujumlarini mahorat bilan bartaraf etgan Husanov jamoasining mag‘lubiyatdan qutilib qolishiga katta hissa qo‘shdi.

O‘sha bellashuvning eng yaxshi o‘yinchisini aniqlash maqsadida tashkil etilgan so‘rovnomada ham Abduqodir Husanov katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi. Ovoz berganlarning 46,22 foizi hamyurtimizni bellashuvning eng o‘yinchisi, deb topdi.

photo_2024-02-19_08-16-45

Abduqodir Husanov yozda “Energetik-BGU”dan “Lans”ga o‘tganida transfermarkt.world ekspertlari tomonidan uning transfer summasi 400 ming evroga baholangandi. Endi ushbu xalqaro tashkilotning yangi reytingida legionerimizning transfer narxi 2 million evroga etdi.

Shatskix Angliyaga o‘tmagan, Shomurodov Italiyani tanladi, Fayzullaev esa...

O‘zbekistonda yana xorijga ketishi mumkin bo‘lgan o‘yinchilar bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
21/02/2024 18:03
Узр,Абдурахматов билан алмаштириб куйибман.
&
Адхамжон Низомов
21/02/2024 18:00
Чемп.азиада 500 евро езибди, кайси тугри?