"Oktagon" va Brave CF hamkorligidagi super turnirda jang qiluvchi o‘zbekistonlik sportchilar ma’lum!

  • 7 sentabr, 2022, 11:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Barchaga ma’lumki, hozirgi kunda Qozog‘istonning "Oktagon" promousheni har oyda jang kechasi tashkillashtirishda davom etmoqda. Albatta, ushbu tashkilot tomonidan o‘tkazilayotgan turnirlarda muntazam o‘zbekistonlik sportchilar ham jang o‘tkazib kelayotganligi ham sir emas. Shubhasiz, bunda Underdog menejerlik kompaniyasi mutasaddilari Parviz hamda Farruh Abdumavlonovni xissasi beqiyos desak yanglishmagan bo‘lamiz. 

Tecno

Parviz Abdumavlonovni saytimizga ma’lum qilishicha, 30 sentyabr kuni Almati shahri "Oktagon" hamda Brave CF promoushenlari hamkorligida o‘tkaziladigan katta jang kechasiga mezbonlik qiladi va unda hozirga kelib, 3 nafar o‘zbekistonlik jangchi oktagonga ko‘tarilishi ma’lum bo‘lib ulgurgan. 

Jumladan, mazkur kechada yurtimiz yakkakurash olamining yorqin vakillaridan biri Jahongir Jumaev (8-1) qirg‘izistonlik Jakshilik Murzobekovga qarshi bahs yuritsa, Davlatbek Xojiev (3-0) Qozog‘iston vakili Rinat Sagintay bilan jang qiladi. Shuningdek, Sanjar Erkinov (8-1) ham oktagonga ko‘tariladi. 

Tez orada yana ushbu turnirga oid va yurtdoshlarimiz ishtirokiga bog‘liq yangiliklar bo‘lishi mumkin. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!