OKMK bir kunda ikkita o‘yin o‘tkazdi. Natijalar esa...

  • 18 fevral, 23:29
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mirjalol Qosimov ustozlik qilayotgan OKMK klubi Antaliyadagi yig‘ini doirasida bugun ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Dastlab Ukrainaning "Kolos" 2 jamoasiga qarshi bahsda OKMK Ali Abdurahmonovning 88-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi.

OKMK tarkibi: D.Yoqubov, E.Begimov, A.Karimov, A.O‘lmasaliev, A.Muqumjonov, G.Papava, A.Sarimsoqov, A,Turdialiev (A.Aysarov), N.Senaga (S.Mirzaev), A,O‘ktamov, A.Abdurahmonov.

Kunning ikkinchi yarmida esa olmaliqliklar Qozog‘istonning "Turon" jamoasi bilan bellashdi. Bu safargi uchrashuvda esa darvozalar daxlsiz qoldi - 0:0.

OKMK: Javohir Ilyosov, Dilshod Ahmadaliev, Sardor Rahmonov, Islom To‘xtaxo‘jaev, Saidafzalxon Ahrorov, Oybek Rustamov, Arixiro Sentoku, Mirjamol Qosimov, Asad Sobirjonov, Xurshid G‘iyosov, Nodir Abdurazzoqov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!