OKMK Antaliyada 5 ta nazorat uchrashuvida maydonga tushadi

  • 5 fevral, 23:03
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK yangi mavsumga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inining asosiy hal qiluvchi qismini Turkiyaning Antaliya shahrida boshladi.

Tecno

Olmaliqliklar ushbu ikkinchi xorijiy yig‘in doirasida 5 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishadi. Klub rahbariyati olib borgan muzokaralar natijasida "Konchilar" yig‘indagi ilk o‘yinini Shimoliy Koreya milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Keyingi nazorat uchrashuvlari esa Chexiya, Gruziya, Moldova va Qozog‘iston klublari bilan bo‘lib o‘tadi.

OKMKning raqiblari va o‘yinlar sanalari quyidagicha:

7 fevral.
OKMK — Shimoliy Koreya milliy terma jamoasi

10 fevral.
OKMK — «Banik Ostrava» (Chexiya)

12 fevral.
OKMK — «Samgurali» (Gruziya)

15 fevral.
OKMK — «Milsami» (Moldova)

18 fevral.
OKMK — «Turan» (Qozog‘iston)

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!